Dunyoning yirik internet-reteyleri “Amazon” o‘zbek bozoriga kirib kelishi mumkinligi haqida Sof.uz sayti yozmoqda.
Bugun, ya’ni 6 dekabr kuni sayt ma’muriyati UZ domen nomini qayddan o‘tkazdi. Xabarlarga ko‘ra yangi domen egasi Amazon Technologies Inc. bo‘linmasidir.
O‘zbekiston bozorida internet-gigant qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi aniq emas. Ammo yangi domen nomi qayd qilinishi AQShda “Amazon”ning birinchi oflayn-magazini anons qilinishi bilan bog‘liqligini taxmin etish mumkin.
Oflayn-magazinda sotuvchi, kassa va navbat kutish bo‘lmaydi. Amazon Goda xarid qilish uchun smartfon va elektron ilova bo‘lishi kifoya. Xaridor magazinga kirishda shaxsiy QR-kodini faollashtiradi va mijoz qaysi mahsulotlarni peshtaxtadan olayotganini dastur datchiklari yordamida avtomatik tarzda kuzatadi. Xarid tugagach, magazindan chiqib ketaverasiz, tegishli pul mablag‘i esa Amazon hisob yozuviga bog‘langan kartangizdan echiladi.
Ammo “Amazon” boshqa mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda oflayn savdo tarmog‘ini rivojlantirish rejasini ayon qilgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?