Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi tez orada LG G Pad III 10.1 plansheti namoyish qilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti. Ushbu modelning sakkiz dyuymli ekran bilan jihozlangan versiyasi shu yilning bahorida sotuvga chiqarilgan edi. Biroq planshetning 10 dyuymli versiyasi hali-hanuz foydalanuvchilar tomonidan kutilayotgan edi.
Kuni kecha internet tarmog‘idagi texnologiya saytlarida o‘n dyuymli ekran o‘rnatiladigan LG G Pad III 10.1 planshetining suratlari paydo bo‘ldi. Demak, planshetning taqdimotiga ham uzoq vaqt qolmagan.
Rasmlardan ko‘rinib turganidek, ushbu modelda LG planshetlariga xos dizayn o‘zgargan. Planshet podstavka va stereodinamiklarga (taxmin) ega. Unga Full HD aniqligidagi ekran va LTE modem o‘rnatilgani ma’lum qilingan. Hozircha boshqa texnik ko‘rsatkichlar va planshet narxiga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan