Facebook ijtimoiy tarmog‘i WhatsApp messenjerini sotib olish bo‘yicha bitimning ko‘rib chiqilishida noto‘g‘ri axborot taqdim qilgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz sayti xabarida. Evrokomissiya bu masala bo‘yicha o‘z e’tirozlarini kompaniyaga yubordi.
"Facebook’da 2017 yil 31 yanvargacha bizning dastlabki xavotirlarimizga javob berish uchun vaqt bor", deb aytdi jurnalistlarga EKning matbuot xizmati vakili.
Uning aytishicha, agar xavotirlar tasdiqlansa, kompaniya jarimaga tortilishi mumkin.
EKning fikricha, Facebook EK tomonidan WhatsApp sotib olinishi bo‘yicha bitimni ko‘rib chiqayotganda "noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’lumotni taqdim qilgan" bo‘lishi mumkin.
2014 yil oktyabrda Facebook WhatsApp’ni 19 mlrd dollarga sotib olgan. EK bu bitimga ruxsat bergan. Komissiyaning ta’kidlashicha, joriy tergov EKning messenjerni sotib olish bo‘yicha qaroriga ta’sir qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi