Facebook kompaniyasi Messenger dasturida guruh videoqo‘ng‘iroqlarini ishga tushirganini ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo». Unga 50 nafargacha tarmoq foydalanuvchilarini ulash mumkin. Shu bilan birga, suhbat ishtirokchilari selfi-niqoblar, animasiyalangan GIF-tasvirlar va stikerlardan foydalanishi mumkin.
Guruh chatida tegishli tugmani bosish orqali bir yo‘la bir necha foydalanuvchiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shuningdek, menyuda suhbat ishtirokchilarini tanlash kerak bo‘ladi.
Agar ishtirokchilardan qaysidir biri qo‘ng‘iroqqa javob bermasa ham, u keyinroq videokonferensiyaga istagan vaqtida qo‘shila oladi.
Suhbatga 50 nafar foydalanuvchini ulash imkoniyati mavjud bo‘lishiga qaramay, faqat ularning olti nafaridan iborat videolar aks etadi, bular eng faol foydalanuvchilardir.
Ishlab chiquvchilar ta’kidlashicha, ushbu funksiya Messenger’ning so‘nggi versiyasi foydalanuvchilari uchun yaqin vaqtlarda ochiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi