Samsung korporasiyasi Galaxy Note 7 smartfonlari portlab ketishi sababini qidirish maqsadida o‘tkazgan tadqiqotini yakunladi. Samsung mutaxassislari chiqargan xulosalar haqidagi ma’lumot mustaqil laboratoriyalar, jumladan Korea Testing Laboratory va UL Korea’ga berilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Qayd qilish joizki, tergov natijalari hozircha oshkor qilinmagan. Instrumental kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, gadjetning portlashiga uning ichidagi detallarning juda zich qilib joylashtirilgani sabab bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, Samsung yangi flagman modeli Galaxy S8 bilan bozorga «shiddat bilan qaytmoqchi». Galaxy Note 7’ning portlab ketishi bilan bog‘liq bir qator voqealardan keyin kompaniyaning obro‘siga putur etdi va endi u bekamu-ko‘st flagman modelini namoyish qilishi lozim.
Taxmin qilinishicha, Samsung’ning yangi smartfoni displeyi ramkasiz va bukilgan bo‘ladi, old panelda esa ko‘z rangdor pardasining skaneri paydo bo‘ladi. Yangi smartfonni 2017 aprelda bozorga chiqarish belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi