10:26 / 21.12.2016
5 834

The Everlast Notebook – cheksiz foydalanish mumkin bo‘lgan bloknot

The Everlast Notebook – cheksiz foydalanish mumkin bo‘lgan bloknot

Smartfon va noutbuklarning keng tarqalganiga qaramay, hali ham ko‘pchilik odamlar qaydlarni yozish yoki biror eskizni chizish uchun oddiy bloknot va ruchkaga murojaat qiladilar. Biroq ushbu jarayonda bloknotdagi sahifa qog‘ozlarining tugab qolishi eng asosiy kamchilik bo‘lib, foydalanuvchi har gal yangi bloknotni xarid qilishiga to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi kamchiliklarni hisobga olgan holda, mutaxassislar cheksiz foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan The Everlast Notebook nomli bloknotni yaratdilar, deb yozmoqda Terabayt sayti. The Everlast Notebook bloknoti ilot Frixion ruchkalari yordamida ishlaydi. Uning sahifalari yarimsintetik qog‘ozdan tayyorlangan bo‘lib,yozilgan qaydlarni keyinchalik suv bilan tozalash mumkin.

Rocketbook ilovasi yordamida bloknotda yozilgan qaydlarni raqamli formatga o‘girsa bo‘ladi. Shuningdek, ilovani raqamli formatga o‘girilgan qaydlarni onlayn xotiraga saqlaydigan qilib sozlash mumkin.

Bloknotning o‘lchamlari 8x11 dyuym, 32-34 ta sahifasi bor, narxi 34 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » The Everlast Notebook – cheksiz foydalanish mumkin bo‘lgan bloknot