14:30 / 29.12.2016
6 201

Facebook mualliflik huquqlari buzilishini aniqlash bo‘yicha o‘z texnologiyasini ishlab chiqmoqda

Facebook mualliflik huquqlari buzilishini aniqlash bo‘yicha o‘z texnologiyasini ishlab chiqmoqda

Etakchi ovoz yozish studiyalari Facebook’dan mualliflik huquqlari himoyasi bo‘yicha ishlarni kuchaytirishni talab qildi, deb yozadi «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» nashri. Ular ijtimoiy tarmoqning mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan iborat video va audiopostlarni o‘chirib tashlashini so‘ramoqda.

Financial Times manbalariga ko‘ra, Facebook mualliflik huquqlarini buzadigan kontentni aniqlash bo‘yicha o‘z texnologiyasini ishlab chiqmoqda. U YouTube’dagi Content ID’ga o‘xshash bo‘ladi. Bunda YouTube’ga joylanadigan roliklar huquq egalari tomonidan yuborilgan fayllardan iborat Content ID bazasi bilan taqqoslanadi. Mos fayllar aniqlangan taqdirda, Content ID huquq egasi nomidan rolik uchun huquqni da’vo qiladi.

Facebook’ning texnologiyasi ishga tushishi bilan, kompaniya ovoz yozish leybllari bilan lisenziya kelishuvini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi mumkin bo‘ladi, unga muvofiq huquq egalari saytda o‘z roliklari ko‘rsatilgani uchun pul ola boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook mualliflik huquqlari buzilishini aniqlash bo‘yicha o‘z texnologiyasini ishlab chiqmoqda