16:47 / 29.12.2016
6 862

O‘z-o‘zidan suyakka aylanib ketuvchi tish implantantlari yaratildi

O‘z-o‘zidan suyakka aylanib ketuvchi tish implantantlari yaratildi

Tish implantantlarini o‘rnatish ancha rivojlangan jarayon bo‘lsa-da, hali mukammallikdan yiroq. Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalar - mazkur jarayonni qiyinlashtiruvchi eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Ispaniyadagi Bask okrugi universitetining mutaxassislar guruhi protez atrofida suyak shakllanishiga olib keluvchi tish implantantlarining yangi turini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Hi-News'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.

Tadqiqotchilar guruhini doktor Polla Beatris boshqaradi. Bugungi kunga kelib, implantantning uch xil versiyasi yaratilgan, ularning eng so‘nggisi patent xizmatining tasdig‘iga ega bo‘ldi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rnatilgan tish protezlarining taxminan 10 foizini infeksiyalar yoki osteogenez jarayonidagi (implantant atrofida suyakning shakllanishi) buzilishlar tufayli olib tashlashga to‘g‘ri keladi.

Implantantning uch versiyasi ham hali bir qator klinik sinovlardan o‘tkaziladi, biroq mutaxassislar ularning zamonaviy stomatologiya bozoriga imkon qadar tezroq chiqishiga umid bildirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘z-o‘zidan suyakka aylanib ketuvchi tish implantantlari yaratildi