20:16 / 29.12.2016
6 675

Bakteriyada ishlaydigan qog‘oz batareya ixtiro qilindi

Bakteriyada ishlaydigan qog‘oz batareya ixtiro qilindi

AQShning Birminton universiteti tadqiqotchilari tomonidan o‘ziga xos quvvat manbai vazifasini bajaradigan batareya ixtiro qilindi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Olimlar qog‘oz yuzasiga kumush nitratini surtib, uni mum bilan qoplaganlar. Materialning orqa tarafiga esa bakteriyalar yig‘iladigan rezervuar o‘rnatilgan. Yangi batareya bakteriya metabolizmida ishlaydi va uning quvvati qatlamlarning soniga chambarchas bog‘liq. Tadqiqot vaqtida yig‘ilgan 6 ta batareya hisobiga 31,51 mkVt va 125,53 mikroamper quvvat olishga muvaffaq bo‘lingan.

Garchi bunday batareya uzoq foydalanish muddatiga ega bo‘lsa-da, biroq sanoatda uni qo‘llash uchun olingan energiya quvvati kamlik qiladi. Shunga qaramay, tadqiqotchilar undan innovasion tibbiyot sohasida samarali foydalanish mumkinligini ta’kidlashmoqda (masalan, biologik sensorlarni quvvat bilan ta’minlash uchun).

Olimlar kelgusida ushbu batareyaning quvvatini oshirish va hajmini kichraytirishni rejalashtirganlar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bakteriyada ishlaydigan qog‘oz batareya ixtiro qilindi