20:21 / 29.12.2016
6 028

Samsung ovozda boshqariladigan robot-changyutgichni ko‘rsatadi

Samsung ovozda boshqariladigan robot-changyutgichni ko‘rsatadi

Tez orada Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida Samsung POWERbot VR7000 robot-changyutgichni namoyish qiladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Changyutgichni Amazon Echo gadjetlari yordamida ovozda boshqarish imkoniyati mavjud. Shuningdek, POWERbot changyutgichi Wi-Fi orqali boshqa qurilmalarga ham bog‘lanishi mumkin.

Robot-changyutgichning qalinligi 97 millimetrni tashkil qiladi. Yutish quvvati 20 Vt. Edge Clean Master funksiyasi qurilmaga devorga 15 mm oraliqda yaqinlashib, xonadagi qiyin tozalanadigan joylarni ham saranjom qilishga yordam beradi. Cho‘tkaning kengligi 288 mm.

Hozircha gadjetning narxi ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung ovozda boshqariladigan robot-changyutgichni ko‘rsatadi