Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi keyingi oyning boshida Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida Tone Studio va Tone Free nomli simsiz garnituralarni namoyish qiladi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.
LG Tone Studio garniturasi qamrovli ovoz effektini hosil qiladigan to‘rtta dinamik bilan jihozlanadi. Ushbu model DTS kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, sifatli ijro xususiyati bilan ajralib turadi.
LG Tone Free esa kompaniyaning ilk simsiz garniturasi hisoblanadi, naushniklar maxsus aksessuar orqali zaryadlanadi. Bo‘yinga taqiladigan ushbu aksessuar kirish qo‘ng‘iroqlari va xabarlar kelganda vibrasiyalaydi. Tone Free ovozli buyruqlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bulardan tashqari, JBL bilan birgalikda ishlangan Tone Infinim va Tone Ultra garnituralari ham namoyish etilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi