11:00 / 30.12.2016
6 359

Apple Airpods foydalanuvchilari zaryadning tez tugab qolishidan nolishmoqda

Apple Airpods foydalanuvchilari zaryadning tez tugab qolishidan nolishmoqda

Bundan taxminan ikki haftacha oldin shu yilning sentyabr oyida namoyish qilingan Apple Airpods simsiz naushniklari bir necha oylik kechikishdan keyin sotuvga chiqarilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Ayni paytda mazkur naushniklar dunyoning turli mamlakatlarida yashaydigan foydalanuvchilar tomonidan xarid qilinmoqda. Gadjetning do‘kon rastalariga qo‘yilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, ammo hozirdanoq foydalanuvchilar gadjet g‘ilofining zaryadi tez tugab qolishidan shikoyat qilishmoqda.

Bundan avvalroq Apple kompaniyasi Airpods g‘ilofi naushniklarni 24 soat davomida avtonom ishlashga etadigan zaryad bilan ta’minlashi haqida ma’lum qilgan edi. Biroq ko‘plab foydalanuvchilar g‘ilofdagi zaryad bir kechada 100 foizdan 15-20 foizga tushib qolayotganini aytishgan. Bluetooth faolligini minimum darajada ushlab turish ham yordam bermayapti.

Terabayt.uz sayti qayd etishicha, Apple hozirdan shikoyat bilan murojaat qilgan mijozlarga gadjetni almashtirib bermoqda. Almashtirilgan g‘iloflarda yuqoridagi muammo kuzatilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Airpods foydalanuvchilari zaryadning tez tugab qolishidan nolishmoqda