16:23 / 31.12.2016
6 968

iPhone 8 uchun Samsung AMOLED ekran etkazib beradi

iPhone 8 uchun Samsung AMOLED ekran etkazib beradi

Kelgusi yildan Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi katta ekranli iPhone 8 uchun AMOLED displeylar etkazib berishni boshlaydi. Samsung joriy ishlab chiqarish quvvati bilan oyiga 20 mln dona AMOLED displey tayyorlashi mumkin, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Nashrda qayd etilishicha, 2017 yilda Apple LCD ekranli 4,7 va 5,5 dyuymli iPhone`lar, shuningdek, 5,8 dyuymli qayirma AMOLED ekran o‘rnatilgan premium iPhone versiyasini taqdim etishi kutilmoqda. Aynan mana shu premium model uchun Samsung ekran etkazib berishi ko‘zda tutilgan.

Ilk iPhone 8 qurilmalari sotuvdagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida kelgusi yilning mart oyidan boshlab Xitoyda kam partiyalarda tayyorlanadi. iPhone 7 bilan sodir bo‘lgan mana shunday etishmovchilik tufayli Apple yangi modellarni ertaroq ishlab chiqarishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 uchun Samsung AMOLED ekran etkazib beradi