Shveysariyaning Jeneva shahrida 43-marta Xalqaro innovasiyalar ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi «Kun.uz».
Unda dunyoning 48 mamlakatidan kelgan 750 nafar ishtirokchi o‘z ishlanmalarini ko‘rgazmaga qo‘yishdi.
Jeneva ko‘rgazmalari har yili fan va texnika rivoji uchun yangidan-yangi g‘oyalarni taqdim etib kelmoqda.
Joriy yilda ham Jeneva salonida Rossiya, Xitoy, Misr, Tailand, Janubiy Koreya, Eron, Polsha, Shveysariya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Malayziya, Moldava va BAA kabi ilg‘or davlatlardan vakillar ishtirok etishdi.
Shuningdek, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Benin, Chernogoriya, Malta va Paragvay davlatlaridan ko‘rgazma tarixida ilk marta ishtirokchilar kelishi kuzatildi.
BAA fuqarosi bo‘lgan Ahmad Majjan namoyish qilgan qurilma ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. U yasagan otlar uchun egarga kompas, giroskop, GPS navigatori va ot yopinchig‘i ichini salqinlatib turuvchi moslama o‘rnatilgan.
Egardagi maxsus tugmani bosish orqali, hudud sharoitlari haqidagi ma’lumotlar olish, harakatlanish tezligi va otliqning pulsini o‘lchash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?