Kingston Technology kompaniyasi 1 va 2 Tb hajmga ega DataTraveler Ultimate seriyasidagi fleshkalarni taqdim qildi. Kompaniya bu fleshkalarni dunyodagi eng katta xotiraga ega fleshkalar deb atamoqda. Fleshka ma’lumotlarni saqlash uchun juda katta hajm berishi bilan uning o‘lchamlari bor-yo‘g‘i 72 x 27 x 21 mm ni tashkil qiladi.
Fleshkadan ma’lumotni o‘qish va uni yozish tezligi ma’lum qilinmagan, uni kompyuterga ulash uchun ma’lumotlar bilan tez ishlashga mo‘ljallangan USB 3.1 qo‘llanadi. Yangi fleshkalarning korpusi yuqori mustahkamlikka ega rux qotishmasidan tayyorlangan. Ular savdoda 2017 yil fevral oyida paydo bo‘lishi kerak. Fleshkaning narxi ma’lum qilinmagan. Albatta bu fleshkalar nafaqat dunyodagi eng sig‘imdor, balki eng qimmat fleshkalar ham bo‘lishini taxmin qilsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi