13:17 / 12.01.2017
6 556

150 million foydalanuvchisi bo‘lgan Instagram Stories’da reklama joylashtirilishi ma’lum qilindi

150 million foydalanuvchisi bo‘lgan Instagram Stories’da reklama joylashtirilishi ma’lum qilindi

Instagram ijtimoiy tarmoqning «Tarixlar» bo‘limida reklama paydo bo‘lishini bildirib, sutka davomidagi 150 million faol foydalanuvchi haqida ma’lum qildi. Bu haqda "TJournal"ga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.

Reklamaning yangi turi odatiy «tarixlar» kabi ko‘rinish va shunday shaklga ega bo‘ladi: 5 soniya namoyish etiladigan foto yoki 15 soniyali video. Reklama lavhalari boshqa insonlar «tarixi» ko‘rilishi davomida namoyish etiladi va ularni ham o‘tkazib yuborish mumkin.

Hozircha reklamaning yangi imkoniyatlaridan hamma ham foydalana olmaydi, sinov namoyishlarida 30 kompaniya, jumladan, Netflix, Nike va Airbnb ishtirok etadi. Reklama qiymati auksion asosida aniqlanadi va 1000 namoyishdan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Instagram Stories bo‘limi ishga tushirilganidan beri o‘tgan 5 oy mobaynida undan har kuni foydalanayotganlar soni 150 million kishiga etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 150 million foydalanuvchisi bo‘lgan Instagram Stories’da reklama joylashtirilishi ma’lum qilindi