17:22 / 20.04.2015
6 460

Whatsapp’ning oylik auditoriyasi 1 mlrd foydalanuvchini tashkil etadi

Whatsapp’ning oylik auditoriyasi 1 mlrd foydalanuvchini tashkil etadi

19 aprel kuni Whatsapp messenjerining asoschilaridan biri Yan Kum mart oyida uning xizmatchilaridan 800 mln kishi foydalanganini ma’lum qildi. O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan foydalanuvchilar soni 30 foizga ko‘paygan. Ekspertlarning fikricha, 2015 yil oxiriga kelib messenjerdan oyiga 1 mlrd kishi foydalanadi, deb yozadi Kun.uz.

Ma’lum qilinishicha, Whatsapp foydalanuvchilari soni har chorakda 100 mln ga ko‘payib bormoqda. Jumladan, o‘tgan oyning avgust oyida uning xizmatidan 600 mln kishi foydalanayotgan edi.
O‘tgan yili Whatsapp Facebook kompaniyasi tomonidan 19 mlrd dollarga sotib olingan edi. Bu ham ma’lum darajada messenjerning mashhurligini oshirdi.

2015 yil martida messenjerning Android versiyasi foydalanuvchilari ovozli qo‘ng‘iroqni amalga oshirishi imkoniyatiga bo‘ldilar. Kompaniya vakillari o‘z mijozlarini tez orada Windows Phone va iOS versiyalarida ham shunday imkoniyatlar paydo bo‘lishiga ishontirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Whatsapp’ning oylik auditoriyasi 1 mlrd foydalanuvchini tashkil etadi