10:11 / 29.04.2015
6 190

LG G4 smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi

LG G4 smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi

LG kompaniyasi G4 smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot CNet sayti tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi, deb yozadi Kun.uz.

Smartfon 5.5 dyuymli 2560×1440 nuqtali displey ega bo‘lib, u IPS texnologiyasi asosida yaratilgan; shuningdek, u to‘rtinchi avlod Gorilla Glass oynasi bilan qoplangan. Telefon olti yadroli Qualcomm Snapdragon 808 prosessori hamda 3 GB li operativ xotira bilan ta’minlangan. Apparatning 16 megapikselli kamerasiga lazerli avtofokus o‘rnatilgan.

Smartfonning orqa qopqog‘i teri bilan qoplangan. Shuningdek, uning keramika va plastmassa bilan qoplangan nusxalari chiqarilishi ma’lum qilindi.

Smartfon Koreyada 29 aprel kuni sotuvga chiqariladi. Yangi apparatni boshqa mamlakatlarda xarid qilish imkoniyati qachon paydo bo‘lishi ma’lum qilinmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG G4 smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi