22:43 / 30.04.2015
4 029

UMS kompaniyasi “Veteran” tarifini joriy qilmoqda

UMS kompaniyasi “Veteran” tarifini joriy qilmoqda

UMS kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga chuqur minnatdorchilik va hurmat ila ularning o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan to‘laqonli faol suhbatlashishlari uchun mo‘ljallangan “Veteran” tarifini joriy qilmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Faxriylar bu tarifga ulanib, abonent to‘lovisiz, oyiga 200 daqiqa bepul chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va istalgan miqdorda kiruvchi qo‘ng‘iroqlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi kurashchilarining yorqin xotirasini yod etish, keksalarga e’tibor berish va ularni hurmat qilish O‘zbekiston xalqining ma’naviy qadriyati hisoblanadi. UMS kompaniyasi qahramon yurdoshlariga farzandlari, nabiralari, safdoshlari, do‘stlari bilan bemalol gaplashish hamda ulardan qo‘llab-quvvatlash va minnatdorchilik so‘zlarini olish imkoniyatini tuhfa qilish kompaniya uchun katta sharafdir”, – deb aytiladi kompaniya xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS kompaniyasi “Veteran” tarifini joriy qilmoqda