11:49 / 08.05.2015
6 765

Beeline Club‘ning “Faeton’” art-kafesi bilan birgalikda tashkillashtirilgan tanlovning g‘olibi aniqlandi

Beeline Club‘ning “Faeton’” art-kafesi bilan birgalikda tashkillashtirilgan tanlovning g‘olibi aniqlandi

2015 yil 8 may, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline “Faeton’” art-kafesi bilan hamkorlikda Beeline Club sahifasining foydalanuvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalarini e’lon qildi. Viktoriya Kim niki ostidagi ishtirokchi tanlovning barcha shartlarini bajargan holda g‘olibga aylanib, “Faeton’” art-kafesidan ikki kishilik tushlikga vaucherni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Faeton’ restoranidan ikki kishilik tushlikni yutib olishni istayman!” deb yozish lozim.

G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi, marxamat natijalarning skrinshoti bilan tanishishingiz mumkin.

Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin. Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Club‘ning “Faeton’” art-kafesi bilan birgalikda tashkillashtirilgan tanlovning g‘olibi aniqlandi