23:06 / 08.05.2015
6 777

Sony 2015 yilda iPhone 6 va iPhone 6 Plus sotuvidan 1,2 mlrd. dollar foyda ko‘rdi


Sony kompaniyasining mobil telefonlarga kamera ishlab chiqarish bo‘limi har bir iPhone sotuvidan $20 ishlab topadi. Bu haqda Wall Street Journal'ga asoslanib Kun.uz xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, iPhone 6 va iPhone 6 Plus ning barcha kameralari aynan mazkur yapon korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning dastlabki choragida 60 mln. dona iPhone dunyo bo‘ylab sotilgan. Natijada Apple orqali Sony $1,2 mlrd ishlab topgan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joiz, Sony kompanyasining dunyo smartfon bozoridagi kameralar 40%ni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sony 2015 yilda iPhone 6 va iPhone 6 Plus sotuvidan 1,2 mlrd. dollar foyda ko‘rdi