13 may kuni telekommunikasiya xizmatlarini taqdim etuvchi VimpelCom Ltd halqaro provayderi (O‘zbekistonda "Beeline" savdo belgisi) 2015 yil I choragining moliyaviy va operasion natijalarini taqdim etdi.
Davr natijalariga ko‘ra "Beeline" abonentlarining soni 10 356 000 kishini tashkil etdi. Mobil aloqasining bir abonenti uchun o‘rta statistik hisob 12 819 so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 14%ga ko‘p. Shunda MOU ko‘rsatgichi (bir oy davomida bir abonent sarflagan daqiqalar soni) 491 daqiqani tashkil etdi.
Respublika uyali aloqa bozoridagi etakchisining sof operasion foydasi yanvardan mart oyiga qadar 409 milliard so‘mni tashkil etdi.
"Avval e’lon qiliganidek, 2015 yildan boshlab O‘zbekistonda "Beeline" hisobotni shu erdagi valyutada taqdim etadi, shu bois bizning hisobotimiz mijozlarimiz uchun yanada qulay va tushunarli bo‘ladi, - deydi "Unitel" MChJ bosh direktori Vladimir Petrov. - Birinchi chorak mobaynida biz ko‘p narsani ulgurdik, ham xizmat ko‘rsatish borasida, agentlik tarmog‘imizni yaxshiladik, butun 3G tarmog‘i bo‘yicha innovatsion "Hozirlik effekti" HD-texnologiyasini ishga tushirdik. Yil so‘ngiga qadar yangi baza stansiyalarini ishga tushirish borasida yana ko‘p mehnat qilishimiz darkor, bizning jamoamiz bu maqsadga erishishiga ishonaman". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»