15 may kunida Samsung kompaniyasi matbuot kotibi 31 maydan xolding rahbari Li Gon Xining o‘g‘li – Li Chje En kompaniyaning ikkita asosiy jamg‘armasi – Samsung Life Public Welfare Foundation (Samsung jamoatchilik hayoti farovonligi jamg‘armasi) va Samsung Foundation of Culture (Samsung madaniyat jamg‘armasi)ning rahbari etib tayinlanishini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
73 yoshli Li Gon Xi bir yil avval yurak xuruji bilanshifoxonaga yotqazilgan edi. Hozirda uning o‘g‘li direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
Kompaniya mulkini taqsimlash murakkab tizimining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadigan Samsung Life Insurance Co Ltd aksiyalari paketiga egalik qilish Li oilasi ustav jamg‘armasida nisbatan katta ulushga egaligiga qaramasdan, unga xoldingni nazorat qilishga imkon beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Li Gon Xi shifoxonaga yotqazilgandan beri uning o‘g‘li Li Chje En kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlarni qabul qilish javobgarligini o‘z zimmasiga olgan.
“Rahbariyatning meros sifatida o‘tishida Samsung Group’ning asosiy kompaniyalari ustav jamg‘armasida ulushlarga ega bo‘lgan jamg‘armalar ustidan nazoratning topshirilishi muhim omil hisoblanadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, rahbariyatni topshirish jarayoni o‘zining yakuniy bosqichiga o‘tdi”, deb aytmoqda korporativ monitoring tashkiloti rahbari Pak Szyuy-gun.
Oxirgi yillarda kompaniyada sarmoyachilar va mutaxassislar tomonidan rahbariyatning Lidan uch o‘g‘liga o‘tishiga tayyorgarlik sifatida qabul qilingan bir qator qarorlar qabul qilingan.
Samsung rahbarining o‘zgarishi haqida hech qanday ma’lumotlar berilmagan va kompaniya matbuot kotibi Li Chje Enning direktorlar kengashi raisi etib tayinlanishi muddatlari haqida izoh berishdan bosh tortdi. Ba’zi manbalar Li Gon Xining ahvoli yaxshi emasligini tasdiqlashlariga qaramasdan, kompaniya matbuot kotibi Li Gon Xining salomatligi barqarorlashganligini aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi