O‘zbekiston hukumati «Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi erusti raqamli teleuzatish tarmoqlarini rivojlantirish investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu haqda UzDaily'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, ushbu loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunida «O‘zimpeksaloqa» MChJ va Yaponiyaning Ogawa Seiki Co. Ltd kompaniyasi o‘rtasida «Radioaloqa, radiouzatuv va televidenie markazi» davlat unitar korxonasi uchun umumiy qiymati 8 751 343 200 iena (73,63 million dollar) bo‘lgan raqamli televidenie uskunalarini etkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Loyiha Yaponiya xalqaro taraqqiyot banki tomonidan Sumitomo Mitsui Banking Corporation tijorat banki bilan konsorsiumda moliyalashtiriladi. 2015 yil yanvar oyida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki shartnomani birga moliyalashtirish bo‘yicha zayom kelishuvini imzolagan. 12 yilga, jumladan ikki yilga imtiyoz bilan taqdim etiladigan kredit miqdori 62,59 million dollardir. «Aloqabank» aksiyadorlik kompaniyasi esa 11,04 million dollar miqdoridagi kreditni besh yil muddatga milliy valyutada taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi