O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 aprel kungi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatuvga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi» to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatida raqamli teleuzatuvga o‘tish amalga oshirildi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.
Ayni paytda raqamli televidenie signallari Farg‘ona, Qo‘qon va So‘x tumanida joylashgan raqamli uzatkichlar orqali Farg‘ona viloyatining barcha tumanlariga tarqatilmoqda.
Radiochastotali spektrdan yanada samaraliroq foydalanish uchun 2015 yil mayidan Farg‘ona shahrida er usti teleuzatuvi uchun DVB-T2 standarti ishga tushirildi, u 16 ta SD telekanallarini uzatish imkoniyatiga ega.
DVB-T2 raqamli signalini qabul qilish uchun ushbu standartga mos tushuvchi maxsus tyuner kerak bo‘ladi. Bunday tyuner Navoiy viloyatidagi Telecom Innovations qo‘shma korxonasi tomonidan chiqariladi, uni Farg‘ona viloyati «O‘zbektelekom» Akning «Yagona darcha» sotuv ofislaridan olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi