13:38 / 02.06.2015
8 104

Jahonda mobil aloqa abonentlari soni 7 milliarddan oshdi

Jahonda mobil aloqa abonentlari soni 7 milliarddan oshdi

Xalqaro elektr aloqa ittifoqining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2015 yilda mobil aloqa foydalanuvchilari soni 7 milliard kishidan oshdi. Bu haqda «Mobinfo.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, 2000 yilda mobil aloqa foydalanuvchilari soni bir milliardga ham etmas edi. O‘z navbatida, internet foydalanuvchilarning umumiy soni 3,2 milliardni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda esa 2014 yil oxirida mobil aloqa abonentlari soni 19 milliondan oshgandi. 2015 yilning birinchi choragi yakuniga bo‘yicha esa O‘zbekistonda mobil aloqa foydalanuvchilari soni 20 milliondan oshib ketdi («Bilayn-O‘zbekiston» – 10,356 million abonent, Ucell – 8,574 million abonent, UMS – 423 ming abonent, UzMobile CDMA – 500 ming abonent, Perfectum – 500 ming abonent).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahonda mobil aloqa abonentlari soni 7 milliarddan oshdi