Disney Research tashkiloti International Conference on Robotics and Automation ko‘rgazmasi doirasida qadam tashlashi xuddi animasion filmdagi qahramonning yurishiga o‘xshash robot taqdim qildi, deb yozadi Kun.uz.
Olimlar kompyuter yordamida avval robot personajini yaratishdi va uning qadam tashlashini ishlab chiqishdi. Bundan keyin animasiya asosida robotning o‘zi yaratildi. Robotning asosiy konstruksiyasi 3D-printerda bosildi, bo‘g‘imlari esa servomotorlar yordamida harakatga keltiriladi. Bundan keyin dastur robotga barqarorligini saqlagan holda animasiyalashgan personaj kabi qadam tashlashga imkon beruvchi algoritmni ishlab chiqadi. Robotning tuzilishi ixcham bo‘lib, uni personajning “kiyimiga” bemalol joylashtirsa bo‘ladi.
Disney Research kelgusida robot va u ishlatadigan dasturni takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu ishdan maqsad Disneyland ko‘ngilochar bog‘idagi attraksionlarning bir qismiga aylanadigan robotlarni yaratishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi