SanDisk kompaniyasi o‘zining rasmiy saytida ikkita modeldan iborat fleshkalarning yangi avlodini namoyish qildi, deb yozadi Kun.uz.
Birinchi model ixchamlikni xush ko‘radiganlar uchun manzur bo‘ladi. 128 Gb hajmga ega SanDisk Ultra Fit fleshkasi bunday hajmga ega dunyodagi eng kichik fleshka hisoblanadi. U o‘lchamlari bo‘yicha 10 sentli chaqa pulning o‘lchamlari bilan barobar. Bunday fleshkada FullHD formatida 16 soat videoma’lumot saqlash mumkin. Fleshkaning o‘qish tezligi bir soniyada 130 Mb ni, narxi esa 119 dollarni tashkil qiladi.
Ikkinchi model SanDisk Ultra bugungi kunda SanDisk kompaniyasining eng katta hajmdagi fleshkasi hisoblanib, 256 Gb ma’lumot saqlash imkonini beradi. Gadjet birinchi modelga o‘xshab kichkina o‘lchamlarga ega emas, lekin uning sig‘imdorligi barcha noqulaylik o‘rnini to‘ldiradi. Bu fleshkada ma’lumotlarni uzatish tezligi bir soniyada 100 Mb ni, narxi esa 199 dollarni tashkil qiladi.
Ikkala fleshka ham USB 3.0 interfeysida ishlaydi va avvalgi USB 2.0 standartini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Fleshkalar SanDisk kompaniyasining Secure Access dasturi yordamida ma’lumotlarni o‘g‘irlashdan himoyalangan va fleshka yo‘qolgan taqdirda ham shaxsiy ma’lumotlarning daxlsiz qolishidan xotirjam bo‘lish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi