18:17 / 11.06.2015
6 175

Apple tezkor yangiliklarni etkazuvchi yangi Apple News servisini ishga tushiradi

Apple tezkor yangiliklarni etkazuvchi yangi Apple News servisini ishga tushiradi

Apple kompaniyasi jahon bozoriga yangi dastur bilan chiqadi, u mobil qurilmalar, jumladan smartfonlar egalariga tezkor yangiliklarni etkazadi. Bu haqda TASSga asosalnib Daryo.uz xabar bermoqda. Xizmat Apple News deb nom oldi.

Uning ishga tushirilishi haqida San-Fransiskodagi an’anaviy Apple ishlab chiquvchilari butunjahon konferensiyasida e’lon qilingan edi. 10 iyun, chorshanba kuni esa kompaniya o‘zining yangi informasion dasturi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Eng yangi iOS 9 operasion tizimiga kiritiladigan servis 50 ta nashr maqola va xabarlarini yangi Apple formatida o‘qish imkonini beradi.

Apple News ishtirokchilari orasida New York Times, Daily Mail, Economist, Time mediaxoldingi, BuzzFeed internet-portali, ESPN telekanali ham bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple tezkor yangiliklarni etkazuvchi yangi Apple News servisini ishga tushiradi