11:35 / 12.06.2015
6 156

Uzinfocom markazi jahon madaniy merosini to‘plash uchun Meros.org loyihasini ishga tushirdi

Uzinfocom markazi jahon madaniy merosini to‘plash uchun Meros.org loyihasini ishga tushirdi

Uzinfocom markazi «O‘zbekistonning etti mo‘’jizasi» uchun axborot to‘plash jarayonidan ilhomlanib, buni jahon miqyosiga chiqarishga qaror qildi va Meros.org loyihasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.

Meros.org portalida istalgan foydalanuvchi jahon madaniy merosiga qo‘shish mumkin deb hisoblagan qiziqarli tabiat hodisasi, bino, ziyoratgoh haqida ma’lumot berishi mumkin. Barcha ma’lumotlar qit’alarga taqsimlab chiqilgan, shuningdek eng ko‘p ko‘rilgan va eng so‘nggi qo‘shilgan ob’ektlarni ko‘rish mumkin.

Har bir ob’ektning ta’rifiga foto yoki video biriktitirilgan bo‘lib, xaritadagi joylashuvi ham ko‘rsatilgan. Sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Saytni to‘ldirish uchun ID.uz yoki ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaridan foydalanib tizimga kirish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uzinfocom markazi jahon madaniy merosini to‘plash uchun Meros.org loyihasini ishga tushirdi