11:37 / 12.06.2015
7 086

WhatsApp, Skype va Viber 2014 yilda Rossiya mobil operatorlarini 20 milliard rubldan mahrum qildi

WhatsApp, Skype va Viber 2014 yilda Rossiya mobil operatorlarini 20 milliard rubldan mahrum qildi

J’son & Partners Consulting kompaniyasi ekspertlari 2014 yilda abonentlar messenjerlar va VoIP xizmatlaridan foydalangani tufayli Rossiya mobil operatorlari 20 milliard rubl (hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 400 million dollar) daromaddan mahrum bo‘ldi. Bu haqda «Hi-Tech.Mail.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Mail.ru Group messenjerlari (birlashishi e’lon qilingan «Mail.ru Agent» va ICQ hamda ularning ichidagi «Odnoklassniki» va «VKontakte»da muloqot qilish imkoniyatlari) faqatgina Skype’dan ortda qolgan. Keyingi o‘rinlarda esa WhatsApp, Viber, QIP, Facebook Messenger bormoqda.

Operatorlar yo‘qotishlarni qanday yo‘l bilan qoplashi mumkinligi ma’lum qilinmagan. Biroq bu ularning umumiy daromadining atigi 2 foizini tashkil qiladi xolos. Jahon miqyosida esa ushbu xizmatlar tufayli operatorlar 2014 yilda 14 milliard dollar, 2013 yilda 32,5 milliard dollar yo‘qotgani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp, Skype va Viber 2014 yilda Rossiya mobil operatorlarini 20 milliard rubldan mahrum qildi