18:54 / 14.06.2015
8 568

Xitoyda Temir odam ranglaridagi Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni 91 ming dollarga sotildi

Xitoyda Temir odam ranglaridagi Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni 91 ming dollarga sotildi

Xitoyda Temir odam kostyumi ranglarida bajarilgan Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni 91 ming dollarga sotildi. Bu haqda Mashable portali'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Smartfon Xitoyning ommaviy auksionlaridan birida 1,079 dollarlik boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yilgan. Smartfonni sotib olish uchun 90 ming kishi ariza bergan.

Cheklangan seriyadagi har bir Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni o‘zining seriya raqamiga ega bo‘lib, auksionga qo‘yilgan smartfon 66 raqamiga ega bo‘lgan. Xitoyda 6 raqami baxtli son hisoblangani uchun smartfonga katta talab bildirilgan.

Bundan tashqari, Temir odam kostyumi ranglari – qizil va tillarang Xitoyda boylik va hashamat alomati hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda Temir odam ranglaridagi Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni 91 ming dollarga sotildi