12:21 / 16.07.2017
5 360

Endi Facebook kamerasida o‘zingiz GIF yasay olasiz!

Endi Facebook kamerasida o‘zingiz GIF yasay olasiz!
Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z mobil ilovasiga yangi imkoniyat qo‘shdi. Buni hech bir shov-shuvlarsiz amalga oshirdi. Bu haqda The Next Web resursiga tayanib Terabayt.uz xabar berdi.

Mazkur ilovadagi kamera nafaqat foto va video, balki birato‘la animasiyali GIF-rasmlar ham suratga ola biladigan bo‘ldi. Ushbu kamera orqali o‘zingiz GIF-surat yaratishingiz, keyin esa unga rom va filtrlar qo‘shishingiz mumkin.

Mazkur funksiya yordamida yaratilgan GIF qisqa bo‘lib, atigi besh soniya davom etadi. Unda Facebook kamerasidagi barcha effektlar va kadrlardan foydalanish imkoni mavjud. GIF-rasmni o‘z profilingizda e’lon qilishingiz, tarixingizga qo‘shib qo‘yishingiz smartfoningizda saqlab qo‘yishingiz ham mumkin.

Hozircha bu yangi funksiya Facebook ilovasining faqatgina iOS uchun chiqarilgan versiyasida mavjud. Android platformasidagi qurilmalarga mo‘ljallangan versiyada hozircha u uchramadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mazkur yangilik bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda, shu bois hamma foydalanuvchilarda ham ko‘rinmasligi mumkin.

Smartfoningiz operasion tizimiga qarab, Facebook ilovasini App Store yoki Google Play do‘konlaridan olib o‘rnatsangiz bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi Facebook kamerasida o‘zingiz GIF yasay olasiz!