10:06 / 13.09.2017
3 803

Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi

Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi
Apple korporatsiyasi uzoq kutilgan yangi avlod iPhone X (10) qurilmasini namoyish etdi. Korporatsiya o‘z saytida taqdimot marosimini translyatsiya qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Smartfon 5,8 dyuymli, 2436X1125 OLED-displeyga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarga ko‘ra, bu iPhone smartfonlariga o‘rnatishga munosib sifatga ega birinchi OLED-ekran. Odatiy Home tugmasi yo‘q, uning o‘rniga svayplardan foydalaniladi.

Apple'ni blokdan yechish uchun yuzdan taniy olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Shunisi diqqatga sazovorki, qurilmani suratlar orqali blokdan yechib bo‘lmaydi. U ko‘zoynak yo qalpoqda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z sohibini taniy oladi.

Bundan tashqari o‘zingizni jonli emojilar o‘rnida his qilib ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi