6 002
Xitoyda yaratilgan robot-stomatolog o‘zi mustaqil ravishda ilk operatsiyani o‘tkazdi (video)
Xitoylik ixtirochilar tomondan yaratilgan robot-stomatolog ishlashni boshladi va hattoki o‘zi mustaqil ravishda ilk operatsiyani o‘tkazdi. Robot bemorga yangi tishlar qo‘ydi, deb yozadi Kun nashri.
Robot uchun dasturiy ta’minot va robotning o‘zini yaratish ustida 5 yil ishlandi, chunki barcha ehtimoliy xatoliklar yuz berishini istisno qilish kerak edi, axir bunda bemorning hayoti va sog‘lig‘i garovga qo‘yilgan. Robot o‘ziga qo‘yilgan vazifani ajoyib tarzda uddalab, yangi implantantlari bor-yo‘g‘i 0,2 mm ga og‘ishgan holda qo‘ydi. Qisqasini aytganda, u vazifani o‘zining "jonli" hamkasblaridan hech ham kam bo‘lmagan darajada uddaladi.
Robotning ishlashi jarayonini malakali jarrohlar va boshqa tibbiyot xodimlari kuzatib borishdi. Biroq robotga ularning yordami kerak bo‘lmadi. Bor-yo‘g‘i bir soatdan keyin Sian shahrida yashovchi fuqaro yangi tishlarini ko‘z-ko‘z qila oldi.
Xitoyda stomatologlar xizmatiga ehtiyojmand odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, biroq hammaga ham mutaxassislar yetmaydi. Hozirda tishlar 3D-printerda bosilayotganiga qaramay, stomatolog huzuriga kirish uchun baribir uzun navbatlar kutishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday robotlar esa bu muammoni qisman bo‘lsa-da hal qilishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!