09:53 / 18.02.2015
9 208

Samsung Galaxy S6 smartfoni 2600 mA-s li akkumulyator bilan jihozlanadi

Samsung Galaxy S6 smartfoni 2600 mA-s li akkumulyator bilan jihozlanadi

Internetda Samsung kompaniyasining yangi flagman smartfoni Samsung Galaxy S6 haqida ma’lumotlar berilishi davom etmoqda. Barselonada bo‘ladigan MWC 2015 xalqaro anjumani oldidan 1 martda bo‘lib o‘tadigan Unpacked tadbirida yangi smartfonning namoyishi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Galaxy S6 haqida ancha ma’lumot olingan. Endilikda, unga o‘rnatiladigan akkumulyator haqida ma’lumot berildi.

Xabar berilishicha, smartfonga 2600 mA-s li akkumulyator o‘rnatiladi. Bu Samsung Galaxy S5’dagi akkumulyator hajmidan kichikroq, Galaxy S5’da 2800 mA-s li akkumulyator o‘rnatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S6 ham iPhone 6 kabi ingichka bo‘ladi, ya’ni uning qalinligi 6,9 millimetrni tashkil qiladi. Ko‘rinishidan, aynan shuning uchun ham kichiqroq hajmdagi akkumulyator o‘rnatishga qaror qilingan. Samsung Galaxy S6 smartfoni
5,1-dyuymli QHD ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan Super AMOLED-displeyi, sakkiz yadroli Samsung Exynos 7420 prosessori, 3 GB tezkor xotira va 20-Mp li asosiy kamera bilan jihozlanadi. Samsung Galaxy S6 uch xil – 32, 64 va 128 GB ichki xotira bilan jihozlangan ko‘rinishda taqdim etiladi. Bir vaqtda Samsung Galaxy S6 smartfonining bukiluvchan ekranli ko‘rinishi ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S6 smartfoni 2600 mA-s li akkumulyator bilan jihozlanadi