date

Shenzhou-23 kosmik kemasi orbitaga yangi ilmiy tajribalarni olib chiqadi

Shenzhou-23 kosmik kemasi orbitaga yangi ilmiy tajribalarni olib chiqadi

Xitoyning Shenzhou-23 boshqariladigan kosmik kemasi mamlakatning orbital stansiyasiga toʻqqizta muhim ilmiy tajribani yetkazib beradi. Ushbu missiya doirasida Xitoy kosmik stansiyasida ilk bor perovskit quyosh elementlaridan foydalanish boʻyicha dinamik tajriba oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotda ikki turdagi materiallar — bir oʻtishli perovskit va tandemli quyosh elementlari sinovdan oʻtkaziladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xitoy Fanlar akademiyasi Kosmik texnologiyalar markazi ilmiy xodimi Tsan Xuaysinning tushuntirishicha, ushbu tajriba ekstremal sharoitlarda perovskit materiallarining xususiyatlari va ularning ishdan chiqish mexanizmlarini oʻrganish imkonini beradi. Bu kelajakda past orbitali sunʼiy yoʻldoshlar, uzoq kosmosni tadqiq qilish va oy bazalari uchun yuqori samaradorlikka ega, arzon va yengil fotoelektr texnologiyalarini yaratishga xizmat qiladi.

Dasturning yana bir muhim qismi orbitada ilk bor guruchni ikki avlod davomida uzluksiz yetishtirish tajribasidir. Bu agrotexnologiya bir vegetatsiya davrida bitta maydondan ketma-ket ikki marta hosil olishni koʻzda tutadi. Shuningdek, besh oy davom etadigan ochiq kosmos taʼsirini oʻrganish doirasida nanozimlar va aktinomitsetlar kabi namunalar ham tadqiq qilinadi.

Nanozimlar nanomateriallardan tayyorlangan sunʼiy fermentlar boʻlsa, aktinomitsetlar tabiiy antibiotiklarni sintez qiluvchi noyob bakteriyalardir. Orbitaga yetkazilayotgan barcha namunalar va qurilmalarning umumiy ogʻirligi taxminan 54 kilogrammni tashkil etadi. Mazkur tadqiqotlar kosmosda hayotiy resurslarni ishlab chiqarish va yangi energiya tizimlarini shakllantirishda muhim qadam boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Shenzhou-23 kosmik kemasi orbitaga yangi ilmiy tajribalarni olib chiqadi