Olimlar sensatsiya qildi: sun’iy tuxumdan tirik jo‘ja chiqdi

Tadqiqot natijalari Phys jurnalida e’lon qilindi. Loyiha doirasida olimlar oddiy tuxum po‘chog‘i o‘rniga 3D-printer orqali tayyorlangan maxsus plastik qobiqdan foydalangan. Uning ichiga haqiqiy urug‘langan tuxum tarkibi — sariqlik, oqsil va embrion joylashtirilgan. Keyin esa ushbu tuzilma inkubatorga qo‘yilgan.
Mutaxassislar fikricha, mazkur texnologiya kelajakda yo‘qolib ketgan ayrim qush turlarini tiklashga yordam berishi mumkin. Xususan, Yangi Zelandiyada yashagan ulkan Janubiy moa qushi misol sifatida keltirilmoqda. Uning tuxumlari hozirgi tovuq tuxumlaridan qariyb 80 baravar katta bo‘lgani uchun zamonaviy qushlar ularni bosib yota olmaydi.
Biroq ilmiy jamoatchilik bu yangilikni bir xil qabul qilmadi. Ayrim biologlar buni to‘liq “sun’iy tuxum” deb atash to‘g‘ri emasligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, bu shunchaki tabiiy tarkib saqlangan sun’iy po‘choq hisoblanadi.
Jumladan, Vincent Lynch ushbu texnologiyani “takomillashtirilgan sun’iy qobiq” deb baholagan.
Shu bilan birga, olimlar hatto genetik tahrir orqali ham yo‘qolib ketgan turlarni to‘liq qayta tiklash juda mushkul ekanini aytmoqda. Chunki natijada aynan o‘sha jonzot emas, balki o‘zgartirilgan genlarga ega yangi organizm yuzaga keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing