01:37 / 25.10.2017
6 571

Huawei Apple‘ni dog‘da qoldirdi

Huawei Apple‘ni dog‘da qoldirdi
Huawei kompaniyasi ikkita asosiy raqobatchisidan biri – Apple’dan o‘zib ketdi va o‘tgan yilgi savdolar bo‘yicha rekordini yangilashi mumkin.

Huawei 2017 yilning 3 choragi ichida dunyo bo‘ylab 100 mln dan ko‘proq smartfon sotdi, deb xabar bermoqda GSMArena.

Joriy yilda savdo hajmi 19 foizga oshgan va demak, kompaniyada o‘tgan yilgi rekord natijani yangilashga imkoniyat bor. Kompaniya o‘tgan yil 140 mln dona smartfon sotan.

2017 yilgi yuqori ko‘rsatkichlar kompaniyaning Apple’dan o‘zib ketishiga va Samsung’dan keyin smartfonlar ishlab chiqaruvchi 2-yirik kompaniyaga aylanishiga imkon berdi.

Huawei rahbari Richard Yuning ta’kidlashicha, kompaniya qimmat smartfonlar sotgani sabab ustun kelgan.

Manba: Kun.uz
Транслитератор 35003 маротаба ишлатилган. Ундан 17091 - Web API орқали.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei Apple‘ni dog‘da qoldirdi