10:00 / 28.10.2017
5 779

Facebook reklama joylashtirish qoidalarini o‘zgartiradi

Facebook reklama joylashtirish qoidalarini o‘zgartiradi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zida reklama joylashtirishning, jumladan siyosiy reklamalar e’lon qilishning yangi qoidalarini joriy qiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asosichisi Mark Sukerberg o‘z sahifasida e’lon qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yili ijtimoiy tarmoqda qaysi sahifa qanday reklamani ilgari surayotganini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar, shuningdek, reklama beruvchi kampaniya uchun qancha to‘lagani va reklama e’lonlari kimlarga qaratilganini ko‘ra oladi.

«Siyosat olamidagi reklama beruvchilar shaxsiyatlarini tasdiqlash bo‘yicha ko‘proq ma’lumotlar taqdim etishi lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng biz reklamaga siyosiy ekanini anglatuvchi tamg‘a qo‘yamiz. Ular esa moliyaviy manba kimligini oshkor qilishi talab etiladi», — deb yozgan Sukerberg.

Bundan tashqari, Facebook mustaqil ravishda siyosiy reklamani topa oladigan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook reklama joylashtirish qoidalarini o‘zgartiradi