11:11 / 08.11.2017
19 466

Suvni mikroblardan bir daqiqada tozalovchi idish yaratildi (Video)

Suvni mikroblardan bir daqiqada tozalovchi idish yaratildi (Video)
Ultrabinafsha nurlar yordamida suvni mikroblar va boshqa ifloslanishlardan tozalay oladigan Quartz nomli 0,5 litrli idish yaratildi.

Quartz tashqi ko‘rinishi bilan bolalar termosini eslatib yuboradi. Biroq qizig‘i idishning ichida yashiringan. Unda suvni hid paydo bo‘lishiga olib keluvchi va xavfli bo‘lgan mikroblar va boshqa organizmlardan tez tozalay oluvchi ultrabinafsha lampa joylashtirilgan.

Idishga 0,5 litr suv solish mumkin. Bunday hajmdagi suvni tozalash uchun ultrabinafsha lampani bir daqiqaga yoqib qo‘yish kifoya qiladi. Lampani yoqish tugmasi idish qopqog‘ida joylashgan. Qurilma yaratuvchilarining va’da berishlaricha, Quartz’ning akkumulyatori 2 oy ishlatishga yetadi. Akkumulyator microUSB raz’yomi orqali quvvatlanadi.

Gadjetni ishga, trenirovkaga va ko‘p miqdorda suvni tashib yurish qiyinchilik tug‘diradigan safarlarga ham olish mumkin. Quartz, shuningdek, termos kabi ham ishlaydi.

Quartz loyihasi uchun Kickstarter’da zarur bo‘lgan pulni yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan. Idishning ilk xaridorlari uni 2018 yil martida olishlari mumkin bo‘ladi. Idishning buyurtma bo‘yicha narxi 59 dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Suvni mikroblardan bir daqiqada tozalovchi idish yaratildi (Video)