11:02 / 12.11.2017
5 836

2008 yilgi iqtisodiy inqirozni bashorat qilgan iqtisodchi bitkoinni «ko‘mib» qo‘ya qoldi

2008 yilgi iqtisodiy inqirozni bashorat qilgan iqtisodchi bitkoinni «ko‘mib» qo‘ya qoldi
Nyu-York universiteti professori, iqtisodchi Nuriel Rubini 2008 yilgi butunjahon moliyaviy inqirozini oldindan bashorat qilgan va tillarga tushgan edi. Shu kunlarda Varshavada bo‘lib turgan Rubini Business Insider nashriga intervyu berib, bitkoinni tartibga solish boshlanishi bilan u va boshqa kriptovalyutalarni ham noma’lum kelajak kutib turganini so‘zlab berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Professor misol tariqasida Xitoyni keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda allaqachon ayriboshlovchilarning faoliyati taqiq ostiga olingan, yo‘l-yo‘lakay kriptovalyutalarni muomalaga kiritish va xarid qilish bo‘yicha yangi qonun va qoidalar ishlab chiqilmoqda. Ayni paytda boshqa bir qator mamlakatlarda ham bunday qonun loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Rubinining ishonishicha, bu qonunlar qabul qilingach, kriptovlyutalarning kuni bitadi.

Bundan tashqari, uning fikricha kriptovalyutani to‘laqonli va jiddiy to‘lov vositasi sifatida qabul qilish qiyin, chunki uning qiymatiga juda ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Tahlilchining qayd etishicha, ayni paytda bitkion ulkan chayqov ko‘pigi iskanjasiga tushib qolgan va o‘zini o‘zi yeb bitiryapti. U bu sohaga investitsiya kiritishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Bu Rubinining kriptovalyutalar «tomorqasiga otayotgan ilk toshi» emas. U shunga o‘xshash prognozlarni 2014 yilda ham qilgan edi. Lekin 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan farqli o‘laroq, bu holatda ekspert muayyan muddatlar haqida gap ochmagan.

Bu shubhasiz nufuzli fikr fonida boshqa ekspertlarning ham mutlaqo teskari fikrlari yangramoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2008 yilgi iqtisodiy inqirozni bashorat qilgan iqtisodchi bitkoinni «ko‘mib» qo‘ya qoldi