15:36 / 12.11.2017
4 957

Plastik kartadan kichikroq. Yaponlar eng mitti smartfonni sotuvga chiqardi

Plastik kartadan kichikroq. Yaponlar eng mitti smartfonni sotuvga chiqardi
Yaponiyaning FutureModel kompaniyasi hajmi kredit kartasidan kichikroq (90x50 millimetr) bo‘lgan NichePhone-S Android-smartfonni sotuvga chiqardi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Uning qalinligi 6,5 mm, og‘irligi esa 38 grammni tashkil etadi.

Smartfon 2 yaderli MediaTek MT6572A protsessori bilan boshqariladi va 550 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.

Ishlab chiqaruvchilarning ishonch bildirishicha, bu batareya smartfon 72 soat ishlashi uchun kifoya qiladi (unda 3 soat uzluksiz gaplashish mumkin).

Ushbu mitti smartfon Android 4.2 operatsion tizimida ishlaydi va Bluetooth, 3G, LTE va modem rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.

NichePhone-S foydalanuvchilari ovozli qaydlarni yozib olishi, shuningdek, «bulut»dan musiqa qo‘yishi mumkin.

Bu smartfonni hamyonga solib yurish mumkin, kalkulyatorni eslatadigan bu smartfonning narxi ham hamyonbop - 88 dollar. O‘zbekistondagi rasmiy kurs bo‘yicha bu 710 ming so‘mga yaqinni tashkil etadi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Plastik kartadan kichikroq. Yaponlar eng mitti smartfonni sotuvga chiqardi