13:50 / 27.11.2017
4 444

Beeline Fransiyada internet-roumingni kengaytirdi

Beeline Fransiyada internet-roumingni kengaytirdi
Beeline xalqaro rouming imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Beeline Uzbekistan abonentlari Fransiyada rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin. Free Mobile mobil operatori Beeline abonentlari uchun mamlakat bo‘ylab internet xizmatlarini taqdim etuvchi rouming-hamkorga aylandi.

Mamlakatga kirib kelgan abonentlar telefonlarini yoqishlari bilan bir necha daqiqa o‘tgach, apparat tarmoqda mustaqil ravishda ro‘yhatdan o‘tadi. Ayrim vaziyatlarga ko‘ra bu sodir bo‘lmasa, telefon menyusida abonent tarmoqni tanlashi lozim. So‘ngra qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, hamda internetdan foydalanish mumkin. E’tibor bering: roumingda barcha qo‘ng‘iroqlar pullik, Beeline raqamidan kirish qo‘ng‘iroqlari ham.

Beeline 2010 yildan boshlab O‘zbekistondagi yetakchi rouming-operator bo‘lib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 185 mamlakatida 489 ta horijiy operatorlar bilan ishonchli hamkorlik aloqalari tufayli taqdim etilgan. Beeline abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 372 mahalliy uyali aloqa kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 161 davlatlarida foydalanishlari mumkin. CAMEL-rouming xizmati kompaniya mijozlariga 103 ta dunyo mamlakatlarida 231 operatorlar tomonidan taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Fransiyada internet-roumingni kengaytirdi