08:50 / 02.12.2017
4 140

Kaliforniyalik olimlar odamning xayolini o‘qiy oladigan uskuna turini yaratishdi

Kaliforniyalik olimlar odamning xayolini o‘qiy oladigan uskuna turini yaratishdi
Ha, mutaxassislar shunday uskunani nihoyat yarata olishdi. To‘g‘ri, uni yaratish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ldi. Olimlar inson miya tizimini ko‘p yillar davomida chuqur o‘rganishdi.

Va shunday xulosaga kelishdiki, odamning xayolidan o‘tkazgan gap-so‘zlarni o‘qisa bo‘larkan. Xo‘sh, nega? Qanday qilib mutaxassislar bunday ulkan natijaga erisha olishdi? Ma’lum bo‘lishicha, miya tizimidagi inson gapirganda ishlaydigan neyrofiziologik mexanizmlar o‘ylagan paytida ham bir xil tezlikda ishlarkan. Xuddi shu narsa olimlarni ilhomlantirdi.

Ammo bu bilan to‘xtab qolishmoqchi emas. Endigi navbat nogironlarga. Kaliforniyalik mutaxassislar shol bo‘lib qimirlashdan tashqari gapirish baxtidan ham mosuvo bemorlar uchun alohida protez turini yaratishga bel bog‘lashdi. Protez bemor ham boshqalar bilan bemalol tillasha olishiga qulay imkoniyat yaratib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kaliforniyalik olimlar odamning xayolini o‘qiy oladigan uskuna turini yaratishdi