16:51 / 11.12.2017
6 413

Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi

Xiaomi'нинг ҳошиясиз Mi Mix 3 смартфони суратлари тарқалди
Ijtimoiy tarmoqlarda Xiaomi'ning yangi hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqalmoqda, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Xiaomi Mi Mix 3 hoshiyasiz smartfonining rasmiy taqdimotiga yarim yil qoldi, biroq yangi qurilma haqidagi ma’lumotlar hozirdanoq tarqala boshladi.

Katta displeyli Xiaomi Mi Mix o‘tgan yilning oxirida paydo bo‘lgandi. 2017 yilning yanvarida gadjet ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar xitoy smartfonidan nusxa ko‘chira boshladi. O‘z o‘rnini qo‘ldan boy bermaslik maqsadida Xiaomi o‘z devayslarini muntazam ravishda yangilashiga to‘g‘ri kelmoqda.

Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 3 ikki LED-flesh kamera bilan jihozlangan. Qurilma ob’ektivi vertikal joylashuvga ega. Smartfon yordamida yuqori sifatli portret-suratlar olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi