14:02 / 15.12.2017
6 480

Yaponiyada singandan so‘ng o‘zini qayta tiklovchi oyna yaratildi

Yaponiyada singandan so‘ng o‘zini qayta tiklovchi oyna yaratildi
Tokio universitetidan bir guruh yaponiyalik mutaxassislar singandan so‘ng qisqa vaqt ichida o‘z tuzilishini to‘liq qayta tiklovchi oyna yaratdi. Bu haqda 15 dekabr kuni NHK telekanali xabar berdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Olimlar o‘z ishlanmasida foydalangan asosiy material sintetik polimerlar bo‘ldi. Tajriba davomida ulardan yaratilgan kichikroq qattiq oyna ikki bo‘lakka kesildi, shundan so‘ng ular odatiy xona haroratida boshqa hech narsadan foydalanmasdan birlashtirildi.

Ikki bo‘lakning bir-biriga birikishi uchun bir necha daqiqa yetarli, biroq tuzilishini to‘liq tiklashi uchun bir soatdan olti soatgacha kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng oyna yana mustahkam bo‘lib, bosimga bardosh bera oladi.

Yaponiyalik olimlar bunday natijaga vodorod bog‘lanishlar hisobidan erishilganligini ta’kidlaydi. Mazkur bog‘lanish tufayli polimer molekulalari bo‘linganda ham dastlabki holatiga qaytishga harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada singandan so‘ng o‘zini qayta tiklovchi oyna yaratildi