19:30 / 16.12.2017
5 470

Facebook tadqiqotchilari ijtimoiy tarmoq ruhiy zarar yetkazishi mumkinligini tan oldi

Facebook tadqiqotchilari ijtimoiy tarmoq ruhiy zarar yetkazishi mumkinligini tan oldi
Facebook tadqiqotchilari ijtimoiy tarmoqda yangiliklarni passiv kuzatib borish odamga zarar keltirishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Facebook tadqiqotchilari Devid Ginzberg va Moyra Burkening «Murakkab savol: Ijtimoiy tarmoqda o‘tkazilgan vaqt bizga zarar keltirishi mumkinmi?» nomli maqolasida keltirilishicha, yangiliklar lentasini passiv varaqlash odamning ruhiy salomatligiga zarar keltirishi mumkin.

«Umuman olganda, ko‘p vaqtini passiv ma’lumotlarni olishga sarflagan vaqtda odamlar o‘zini yomon his qiladi», — deyiladi maqolada.

Michigan universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tajriba bunga dalil o‘laroq keltirilgan. Tarjiba ishtirokchilarining bir qismidan o‘n daqiqa davomida yangiliklar lentasini o‘qish, qolganlaridan esa ijtimoiy tarmoqqa xabvar (post) joylashtirish va do‘stlari bilan yozishish so‘ralgan. Birinchi guruhdagi talabalarning kayfiyati kun oxiriga borib ikkinchi guruhdagilarnikidan tushkunroq bo‘lib chiqqan.

Shuningdek, «o‘rta statistik foydalanuvchilarga nisbatan havolalar orqali to‘rt marotaba ko‘proq boshqa sahifaga o‘tgan yoki o‘rtachadan ikki marta ko‘proq ‘layk’ bosgan» odamlarning ruhiy holati yomonroq bo‘lishi aniqlangan.

Facebook tadqiqotchilarining taxminicha, «boshqa odamlar haqida onlayn makonda o‘qib borish salbiy ijtimoiy taqqoslashlarga sabab bo‘lishi mumkin».

Shunga qaramay kompaniya foydalanuvchilarni ko‘proq Facebook’da o‘tirishga, masalan, eski do‘stlar bilan muloqot qilishga, tor doiradagi tanishlar bilan suhbatlashishga chaqirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook tadqiqotchilari ijtimoiy tarmoq ruhiy zarar yetkazishi mumkinligini tan oldi