19:30 / 17.12.2017
5 751

Facebook ijtimoiy tarmoqlar inson ruhiyatiga zarar yetkazishini ma’lum qildi

Facebook ijtimoiy tarmoqlar inson ruhiyatiga zarar yetkazishini ma’lum qildi
Kompaniya tadqiqotchilari Devid Ginzberg va Moyra Burkelar “Murakkab savol: Ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazilgan vaqt bizga zarar yetkazishi mumkinmi?” nomli maqolasida ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni tez-tez kuzatib turish inson salomatligi uchun zarar yetkazishi haqida hulosa qildilar.

Bu borada Michigan universiteti talabalari ishtirokida tajriba ham o’tkazildi. Talabalarning bir guruhi ma’lum vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni kuzatgan bo’lsalar, ikkinchisi shunchaki do’stona xabarlar yozish bilan band bo’lgan. Natijada esa yangiliklar tasmasini kuzatgan guruh ikkinchi guruhga nisbatan o’zini yomonroq his qilgani qayd etildi.

Oxir-oqibat, Facebook tadqiqotchilari ijtimoiy tarmoqlardan do’stlar bilan erkin muloqot qilish orqali ko’ngil yozish mumkin ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook ijtimoiy tarmoqlar inson ruhiyatiga zarar yetkazishini ma’lum qildi