12:50 / 20.12.2017
4 420

“123456” yilning eng omadsiz parollari antiрeytingida yetakchilik qilmoqda

 “123456” йилнинг энг омадсиз пароллари антирейтингида етакчилик қилмоқда
SplashData kompaniyasi har yili eng omadsiz parollar reytingini tuzib chiqishidan xabaringiz bor. Kompaniyaning 2017 yil uchun tuzilgan navbatdagi reytingida “123456” birinchi, “password” so’zi ikkinchi, “12345678” paroli uchinchi o’rinni egalladi.

Shuningdek, shaxsiy akkauntni himoyalash maqsadida ro’yxatdan o’tkaziluvchi eng omadsiz parollar qatorida qwerty, football, admin, welcome, login, abc123, dragon, master i passw0rd kabi so’zlarni ham ko’rish mumkin.

Xabarda aytilishicha, aksariyat kishilar parol tarkibidagi “o” harfi “0” soniga o’zgartirilsa, xakerlar uni topa olmaydilar deb o’ylashadi, ammo ushbu ma’lumotlar xakerlar uchun mutlaqo yangilik emas.

Mutaxassilar akkauntlarni himoyalash uchun, harf, raqam va belgilardan iborat bo’lgan murakkab parollar tanlashni tavsiya etadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “123456” yilning eng omadsiz parollari antiрeytingida yetakchilik qilmoqda